• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

Gidravlik ekskavatorning ishchi suyuqliklar ifloslanishi va filtrlash imkoniyatlarini tahlil qilish

Abduazizov N.A., Jurayev A.SH., Hoshimov O.O., Vahobova N.A.

Article Info

Author(s) Abduazizov N.A., Jurayev A.SH., Hoshimov O.O., Vahobova N.A.
DOI 10.24412/2181-1431-2021-1-43-46

Abstract

Mahsulotlarning ishonchliligi va chidamliligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan suyuq yoqilg’ilarni, moylarini va gidravlik suyuqliklarni tozalash muammosi kosmik va raketa texnologiyalari, aviatsiya, avtomobilsozlik, kemasozlik va traktorsozlik, mashinasozlik, transport, qishloq xo’jaligi texnikalari va konchilik texnikalarida juda dolzarbdir. Kriyogen suyuqliklarni qattiq zarralardan tozalash, jihozlarning ishonchliligini oshirish bilan birga, uning portlash xavfsizligini ham ta’minlaydi. Tozalanadigan suyuqliklar turli xil fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo’lib, ularga ma’lum bir tozalash usulining samaradorligi bog’liqdir. Qattiq zarrachalarni o’z ichiga olgan suyuqliklar dispers tizimlar bo’lib, ularni ajratish jarayoni nafaqat suyuqlikning o’ziga xos xususiyatlariga, balki qattiq fazaning xususiyatlariga ham bog’liq bo’lgan suspenziyalarni hosil qiladi