Article Info
Author(s) Urunova.X.Sh., Xudayberdiyeva.S.M.
DOI 10.244122181-1431-2022-3-54-56
Abstract
Inson xo‘jalik faoliyatining daryolar oqimiga ta’siri juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu ta’sir daryolarning gidrologik rejimi, ular suv resurslarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarida aks etadi. Kishilik jamiyatining dastlabki tarixiy rivojlanish va taraqqiyoti bosqichlarida uning daryolar suv rejimiga ta’siri keng miqyosda
kuzatilmagan va shuning uchun ham uncha sezilarli bo‘lmagan. Ushbu maqolada Zarafshon daryosining o‘rtacha yillik suv sarflarining yillararo tebranishlari asosida ajratilgan davrlar bo‘yicha shartli qabul qilingan tabiiy davr, ya’ni 1961-1990 yillarga nisbatan o‘zgarishi miqdoriy baholandi.