• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

TEXNOLOGIK ERITMALARNI QAYTA ISHLASHDA OLINGAN MIS (CHО‘KMA)NI SULFAT KISLOTASI BILAN TANLAB ERITISH VA UNDAN MISNI SEMENTATSIYALASH

Boltayev O.N.

Abstract

Jahonda mis ishlab chiqarish va uning iste’moli tahlili jadal о‘sishini kо‘rsatmoqda, agar XX asrning boshlarida mis ishlab chiqarish 0,4 mln. tonnadan sal kо‘proq bо‘lgan bо‘lsa, XXI asrning boshlarida u 21 mln tonnadan oshdi. Shu bilan birga, ruda tarkibidagi mis miqdorining о‘tgan asrdagi 0,5-5 % dan hozirgi vaqtda 0,20-0,40 % gacha kamayishi xomashyodan kompleks foydalanishni oshirishga, metallurgik ishlab chiqarishining texnogen chiqindilaridan foydalangan holda resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni qо‘llashga, fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashga alohida e’tibor qaratish bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, rivojlangan davlatlarda mis sanoati texnogen chiqindilari tarkibidan qimmatli komponentlarni ajratib olib, xomashyo bazasini sezilarli kengaytirishga imkon beradigan yangi texnologiyalar alohida ahamiyatga ega.