• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

METALLURGIK ISHLAB CHIQARISHDA HOSIL BО‘LADIGAN MIS TARKIBLI ERITMALARDAN MISNI KUKUN HOLIDA AJRATIB OLISH IMKONIYATLARINI O’RGANISH

Xoliqulov D.B., Nomozov M.O’.

Abstract

MetalResearch bozor tahlil guruhining hisob-kitoblari 2022-yilning 2-choragida dunyo bozorida mis kukuni sotilish hajmining sezilarli o’sishini ko’rsatdi. Tahlilchilar bu o’zgarishni 2022 yilning 1-choragiga nisbatan 15,2 % ga baholamoqda. Bundan tashqari, agar 2020 yilning 1-choragida mis kukuni bozorida sotish hajmi 338,013 ming dollarga baholangan bo’lsa, 2022-yilning 2-choragida sotish hajmi 381,641 ming dollarga baholangan. O’zbekistonda ham bu mahsulotga talab mavjudligi va uni bartaraf etish uchun turli homashyolardan mis kukunini ajratib olish talab etilmoqda. Maqolada mis tarkibli eritmalardan misni kukun holida ajratib olish usullari tahlil qilingan, misning sulfat va xloridli eritmalaridan sementatsiya orqali qaytarish, toza misdan mexanik usulda va elektroliz yo’li bilan olish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mis kuporos sexi texnologik eritmalaridan misni ajratishda ruh kukunidan foydalanish imkoniyatlari o’rganildi.