• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

RUDALARNING MUSTAHKAMLILIK XUSUSIYATLARINI KAMAYTIRISHDA SIRT FAOL MODDALAR ERITMALARINING FIZIK-KIMYOVIY TAʼSIRI

Toshev O.E. Axtamov F.E. Safarqulov M.Z. Elmurodova M.O.

Abstract

Maqolada sirt faol moddalar (SFM) eritmalar va elektrolitlarining ta’siri, ularning tog’ jinslari mustahkamligini adsorbsion zaiflashishiga foydali ta’siri va fizik-kimyoviy ta’sirlar orqali qattiq jinslarning mexanik ravishda parchalanishiga adsorbsion ta’siri ko’rib chiqilgan. Sirt faol moddalar ta’sirida tog’ jinslarining mustahkamligini kuchsizlantirish mexanizmi o’rganildi. Sirt faol moddalarning adsorbsion singish yo’llari, ularning keyingi nuqsonlarning paydo bo’lishiga ta’siri va sirt faol moddalar molekulalarining kattaligidan kelib chiqqan holda adsorbsion qobiliyatlari o’rganildi. Rudalarni kuchsizlantirishda turli konsentratsiyadagi sirt faol moddalarning ta’sir qilishi mumkin bo’lgan fizik-kimyoviy omillari, rudalarning keyingi kuchsizlanishi va maydalanishi uchun rudaning kimyoviy tarkibi bo’yicha yaqin bo’lgan sirt faol moddalarni tanlash maqsadga muvofiqligi tahlil qilindi.