Article Info
Abstract
Urbanizatsiya va avtomobillar sonining ortib borishi yirik shaharlarning asosiy
muammolaridan biri bo‘lgan tirbandliklarni yanada kuchaytirmoqda. An’anaviy svetofor tizimlari oldindan
belgilangan jadval asosida ishlaydi va real vaqt sharoitida tirbandlik darajasini inobatga olmaydi. Ushbu
maqolada aqlli chorraha (Intelligent Intersection) loyihasi taklif etiladi, u sun’iy intellekt (SI) va IoT (Internet
of Things) texnologiyalari asosida real vaqt ma’lumotlarini tahlil qilib, transport oqimini samarali
boshqarishga yordam beradi. Aqlli chorraha tizimi tirbandlik darajasi, transport vositalari soni, piyodalar
harakati va favqulodda xizmatlarning ustuvorligini hisobga olgan holda adaptiv qarorlar qabul qiladi.
Loyihaning asosiy maqsadi transport samaradorligini oshirish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish va ekologik
muhitni yaxshilashdir. Simulyatsiya natijalari shuni ko‘rsatdiki, aqlli chorrahalardan foydalanish yo‘llardagi
yuklamani 30-40% gacha kamaytirishi mumkin. Ushbu yondashuv kelajakdagi aqlli shahar (Smart City)
konsepsiyasining muhim qismi bo‘lib, transport tizimini optimallashtirishda katta rol o‘ynaydi.
