• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

SANOAT KORXONALARIDA KENG TARQALGAN ESKI TOKARLIK DASTGOHLARINING NOSOZLIKLARINI OLDINDAN ANIQLAY OLADIGAN QURILMA VA UNING ISHLASH TAMOYILI, AFZALLIKLARI

Zilola Beknazarova

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, arzon, oddiy va ishonchli
monitoring qurilmasini joriy etish loyihasi (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) doirasida ishlab chiqilgan, sanoat
korxonalarida keng tarqalgan eski tokarlik dastgohlarining nosozliklarini oldindan aniqlashga qaratilgan
monitoring qurilmasi, uning ishlash tamoyili va afzalliklari yoritilgan. Qurilma Arduino va turli datchiklar
asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, vibratsiya, harorat va shovqin o‘zgarishlarini real vaqtda kuzatish imkonini
beradi. Nosozlik aniqlanganda qurilma foydalanuvchini buzzer va LED signal orqali ogohlantiradi, LCD
orqali esa nosozlik turi haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu qurilma mashinasozlik zavodlaridagi ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, avariyali to‘xtashlarni va ta’mir xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.