• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

BOSHQARUV YECHIMLARINI QABUL QILISH UCHUN KON MASSASI VA QOPLOVCHI TOG’ JINSI KOEFFITSIENTLARINING EFFEKTIVLIGINI TATQIQ QILISH

Tuxtashev A.B. Qurolov A.A. Abdurashidov Sh.M. Muxammadiyev A.R.

Article Info

Author(s) Tuxtashev A.B. Qurolov A.A. Abdurashidov Sh.M. Muxammadiyev A.R.
DOI 10.24412/2181-144X-2022-3-20-25

Abstract

Foydali qazilma konlarini qazib olishda karyerning maqbul konturlarini tanlash juda muhimdir, chunki foydali qazilmalarning sanoat zaxiralari hajmi va karyerdagi qoplovchi tog’ jinslar hajmi karyer konturlariga bog’liq bo’lib, ular
karyerning samaradorligi va xizmat qilish muddatini belgilaydi. Karyer konturlari: qazib olish usulini, transheyalar joylashish o’rnini, karyer atrofidagi inshootlarni, transport kommunikatsiyalarni va boshqalarni tanlashga ta’sir qiladi. Mineral xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirish uchun, foydali qazilma konlarining zaxiralarini kompleks qazib olishga o’tish muhimdir. Bu yangi konlarni o’zlashtirishga qo’shimcha kapital xarajatlarsiz mineral-xom ashyo bazasini kengaytirishga, konchilik korxonalarining ishlab chiqarish fondlaridan to’liq foydalanishga imkon beradi, shuningdek, ishlab chiqarishni jadallashtirish, resurslarni tejash vazifalariga to’liq mos keladigan xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash sohalarida ekologik vaziyatning yaxshilanishiga ham olib keladi.