• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

QURILISH INFRATUZILMASIDA ISSIQLIK NASOSLARI TIZIMLARINI INTEGRATSIYALASHNING TEXNIK ASOSLARI VA DOLZARBLIGI

Аliyev M.K.

Abstract

Ushbu maqolada energiya resurslarining cheklanganligi va ekologik muammolar fonida
issiqlik nasoslaridan foydalanishning samaradorligi o‘rganilgan. Issiqlik nasoslari suv, havo va grunt kabi tabiiy manbalardan olinadigan past haroratli issiqlikni yuqori haroratli energiyaga aylantirib, isitish va sovutish tizimlarining samaradorligini oshiradi. Ushbu maqolada geotermal, suv manbali va havoli issiqlik nasoslarining tuzilishi, ishlash prinsiplari hamda ularning bivalent tizimlar bilan uyg‘unlashuvi tahlil etilgan. Shuningdek, issiqlik nasoslarining texnologik sxemasi va ularning energiya tejovchi, ekologik xavfsiz xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari issiqlik nasoslarini keng joriy etish orqali energiya tejamkorligi va atrof-muhit barqarorligini ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.