Article Info
Abstract
Ushbu maqolada ma’danning moddiy tarkibi va tog‘ jinslar va ularning geokimyoviy
xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi: asosan
bo‘laklangan materiallar (kvars, dala shpati va bo‘laklangan tog‘ jinslari) dan iborat bo‘lgan ma’danni qamrab
oluvchi qumlar yer ostida eritmaga o‘tkazishda barqaror hisoblanib, yer ostida eritmaga o‘tkazish usulida
ma’danlarni qazib olish uchun qulay omil hisoblanadi. Ma’dan va tog‘ jinslarida yetarli miqdordagi yer ostida
eritmaga o‘tkazish jarayonini murakkablashtiradigan karbonatlarning yuqori miqdori kuzatiladi. Bu ma’dandagi
uranni yer ostida eritmaga o‘tkazish uchun noqulay omil hisoblanadi. Karbonatlar tarkibidagi ko‘p miqdordagi
kaltsit tarkibi ma’danlardan foydali komponentlarni ajratib olish jarayonini murakkablashtirishi mumkin.Tog‘
jinslari va ma’danga kichik miqdorda gilli menirallar qo‘shilganida ma’danlardan foydali komponentlarni
eritmaga o‘tkazishda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi
