• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

ATMOSFERA SUVLARINI YIGʻISH VA IRRIGATSIYA KANALIGA YUBORISH TEXNOLOGIYASI.

Maxmud Aliyev

Abstract

. Respublikamizda yildan-yilga suv tanqisligi kuchayib, 2030 yilga borib suv tanqisligi 15 %
ni tashkil qilishi mumkin. Suv tanqisligini oldini olish va yashil maydonlarni suv bilan ta’minlashda qor-yomg‘ir
suvlarini yig‘ib yashil maydonlarni va daraxtlarni sug‘orishda foydalanishni yo‘lga qo‘yish eng asosiy
masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Ichimlik suvidan sug‘orishda foydalanish ichimlik suvi zaxiralarini kamayishiga, suv yo‘qotishlarni ortib
ketishiga, tarmoqda bosimning kamayishi ortidan ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlariga va oxirgi
iste’molchilarga ichimlik suvini yetib bormasligiga sabab bo‘ladi. Yomg‘ir-qor suvlarini yig‘ish uchun aholi
xonadonlari va ko‘p kvartirali uylar tomidan oqayotgan suvlarni maxsus rezervuarlarga yig‘ib obodonlashtirish
uchun foydalanishni yo‘lga qo‘yish yashil makonlarni ko‘paytirish va saqlab qolish uchun o‘z samarasini beradi.