• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

KETMA-KET ULANGAN KO‘P SONLI AKKUMULYATORLARDA KUCHLANISHNI MUVOZANATLASH ORQALI ISHONCHLILIGINI OSHIRISH

Murodov X.Sh.

Abstract

Maqolada ketma-ket ulangan, bir xil turdagi akkumulyatorlarda kuchlanishni muvoznatlashning zarurligi ya’ni, zaryadsizlash va zaryadlash jarayonlarida kuchlanish muvoznatining muhimligi o‘rin olgan. Bunda kuchlanishni muvozanatlash usullari ko‘rib chiqilgan. Akkumulyator batareyalarini faol va passiv usulda zaryadlashda muvozanatlash sxemalari keltirilgan, shuningdek bu sxema orqali akkumulyator batareya elementlarini boshqaruv va nazorat tizimining blok sxemasi ham keltirilgan. Zaryadlashda kuchlanishni muvoznatlashning funksionaд sxemasi qurilgan. Zaryadlanish jarayonining modeli Matlab/Simulink dasturiy paketida yig‘ilgan sxema orqali tekshirilgan. Akkumulyator batareyalarining passiv va faol usulllarni birgalikda qo‘llashdagi moslashtiruvchi sxema qurilgan. Akkumulyator batareya elementlarida kuchlanishni muvozanatlashdagi afzalliklar va kamchiliklar tahlil qilingan. Akkumulyator batareyalarining ekspluatatsiya davridan so‘ng uning elektrotexnik parametrlarining o‘zgarishi tahlil qilingan. Faol va passiv usul bilan zaryadlanish jarayanlari solishtirilib ularning zaryadlashdagi rejimlarini optimallashtirish tomonlari o‘rganilgan. Ushbu maqolada ketma-ket ulangan ko‘p sonli akkumulaytolarni muvozantli kuchlanish bilan ta’minlash orqali ularning ishonchliligini oshirish bo‘yicha Matlab/Simulink dasturiy paketidagi immitatsion natijalar aks ettirilgan. Akkumulaytor bloklari elementlari kuchlanishini muvozanatlash orqali ishonchliligini oshirish bo‘yicha xulosalar aks ettirilgan.