Article Info
Author(s) Turapov M.K., Mustafayev B.N.
DOI 10.24412/2181-144X-2024-4-64-69
Abstract
Qulcho‘loq polimetall konida mavjud cho‘kindi tog‘ jinslari haqida so‘z yuritiladi. Kon maydonida joylashgan karbonatli jinslar chiqishlari taxminan 0,5 kv.km maydonni egallaydi va konning markaziy va janubi-sharqiy qismlarida ikkita massiv va alohida chiqishlar ko‘rinishida ochiladi. Dоvon ma’dan qamrovchi karbonat formatsiyalari iqlim sharoitida suv sho‘rligi yuqori bo‘lgan sayoz suv havzalarida hosil bo‘lgan. Cho‘kindi jinslarning har birining magmatik jarayonlarda bo‘lgan o‘zgarishlar, ma’danlashuv bilan aloqadorligi, tarqalib yotish qonuniyatlari, izlov–qidiruv ishlari natijalarida olingan ma’lumotlar asosida cho‘kindi formatsiyalar haqida so‘z yuritiladi.