• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

TOZALGAN EKSTRAKTSIYON FOSFOR KISLOTADAN SUYUQ MUVOZANATLASHGAN NP-O’G’ITLAR

Qarshiyev B.N., Seytnazarov A.R., Namazov Sh.S.

Abstract

Suyuq kompleks o’g’itlar (SKO’) sanoatda ham, qishloq xo’jaligida ham muhim o’rin tutadi. Ammoniy fosfatlarning kontsentrlangan eritmalari issiqxonalar uchun zarur bo’lgan NP-o’g’itlardir. Ammo kontsentrlangan SKO’ ning narxi yuqoriligi sababli O’zbekistonda ishlab chiqarilmaydi, bu esa qimmatbaho xom ashyo – termik fosfor kislotasi yoki tozalangan ortofosfor kislotasidan foydalanish zarurati bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’it mahsulotlarining ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yo’llaridan biri pastkontsentratsiyali Qizilqum ekstraktsion fosfor kislotasidan (EPK) foydalanish hisoblanadi. Organik erituvchilar yordamida tozalangan EFK (35% P2O5) ni ammonizatsiya qilib, hosil qilingan ammofos bo’tqasiga ammiakli selitra qo’shish natijasida suyuq muvozanatlashgan NP-o’g’itlar olindi, shuningdek ularning tarkibi va xususiyatlari (zichlik, qovushqoqlik, to’yingan bug’ bosimi, elektr o’tkazuvchanligi) o’rganildi.