Article Info
Abstract
Maqolada di(2etilgeksil) fosfat kislota (D2EGFK) asosidagi ekstragentlarning
sinergetik aralashmalari bilan sulfat kislotali eritmalardan uranni ekstraksiyalash jarayoniga nitrat
ionlarining ta’siri bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Ekstraksiya jarayonida uran bilan birga nitrat ioni
jadal ekstraksiyalanadi. To‘yingan organik faza (ekstrakt) texnik suv bilan kontaktda bo‘lganda,
aralashmalar (shu jumladan nitrat ioni) o‘zining taqsimlanish koeffitsiyentiga muvofiq suvli eritmaga o‘tadi.
Vaqt o‘tishi bilan aylanma eritmalarda nitrat ionining to‘planishi kuzatiladi. D2EGFK aralashmalariga
sinergetik qo‘shimchalar sifatida solvatlovchi ekstragentlar: tributilfosfat (TBF), trialkilamin (TAA) ishlatildi.
O‘rganilgan barcha ekstragentlar aralashmalari uchun nitrat ionlarining sulfat kislotali eritmalardan uranni
ajratib olishga sezilarli ta’siri aniqlandi
