• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

SIJJAK KONI VANADIY TARKIBLI RUDALARNI KUYDIRISH JARAYONINING OPTIMAL PARAMETRLARINI O‘RGANISH

Mamaraimov G’.F., Xasanov A.S., Aripov A.R.

Abstract

Butun dunyoda so‘ngi yillarda konstruktiv, zanglamaydigan va maxsus po‘latlarni ishlab chiqarishning global o‘sishi tufayli dunyoda vanadiy iste’moli darajasi doimiy ravishda ortib bormoqda. Metallurgiya va kimyo sanoatidan tashqari vanadiy va uning birikmalari atom energetikasida va akkumulatorlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Ruda va tarkibida noyob metallar tarkibli turli xomashyolardan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish tufayli noyob metallarni ajratib olishni amaliyotga joriy etish metallurgiya sanoatida alohida ahamiyatga ega. Maqolada vanadiy metallini sijjak koni rudalari tarkibidan ajratib olish jarayonlari haqida malumotlar keltirilgan.