• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

REKTIFIKATSION KOLONNANI NOQAT’IY MANTIQ VA PID ROSTLAGICH ASOSIDA INTELLEKTUAL BOSHQARISH

Daniyarova Ch

Abstract

Ushbu ishda rektifikatsion kolonnani boshqarishda PID rostlagich va noqat’iy mantiqni birgalikda qo’llash imkoniyati o’rganildi. Tadqiqotdan ko’zlangan maqsad xatolik hamda uning o’zgarishiga qarab boshqaruv signalini tuzatadigan noqat’iy modelni ishlab chiqish va uni oddiy PID rostlagich bilan taqqoslashdan iborat. Obyekt ikkinchi tartibli uzatish funksiyasi ko’rinishida olindi, modellashtirish esa MATLAB/Simulink muhitida 300s davomida bajarildi. Tizimlar o’rnatilish vaqti, maksimal oshib ketish, statik xatolik va barqarorlashish vaqti bo’yicha baholandi. Hisoblash natijalarida noqat’iy-PID boshqaruv o’rnatilish vaqtini 45s dan 28s gacha, maksimal oshib ketishni 14 % dan 4 % gacha, statik xatolikni 1,8 % dan 0,3 % gacha va barqarorlashish vaqtini 52s dan 31s gacha kamaytirdi. Demak, tanlangan model sharoitida noqatiy tuzatish PID rostlagichning o’tish jarayonini sezilarli yaxshilaydi.