• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonida xlorning ta’siri

Urunova X.Sh., Tursunova I.N., Axmedova N.M., Esanbayeva H.N.

Abstract

Texnologik jarayonlar uchun qo‘llaniladigan suvning sifati aylanma tizimlarda mavjud bo‘lgan suvning sifatidan yuqori bo‘lishi lozim. Suvning sifati deganda, uning sanoat korxonasida qo‘llanilishi mumkinligini ta’minlovchi fizik, kimyoviy, biologik va bakteriologik ko‘rsatkichlari majmuasi tushuniladi. Korxonada ishlatilayotgan suvning sifati har bir holatda uning qanday qo‘llanilishiga qarab, qo‘llanilayotgan ashyoning tarkibini, qo‘llanilayotgan uskunalarni nazarda tutgan holda texnologik jarayon talablari, korxonaning tayyor mahsuloti afzalligi orqali belgilanadi. Ammo, yuqoridagi afzalliklarga qaramay, xlorlashning asosiy kamchiligi xlorli organik birikmalar hosil bo‘lishi natijasida, ular juda zaharli, mutagen va kanserogen ta’sir etuvchi moddalar hosil qilib, tub cho‘kindilarda, tuproqda, suvda yashovchi organizmlarning to‘qimalarida to‘planib, ularning fiziologik o‘zgarishlari va o‘limiga sabab bo‘ladi. Odatda suvni 100% zararsizlantirishning iloji yo‘q. Shuning uchun endilikda dezinfektsiya samaradorligini 99% ga oshirish qabul qilingan; bu holatda tozalangan suvni birlamchi, ikkilamchi usulda tozalashdan keyingi
holatga ko‘ra qayta ishlangan mikroblar sonining 99,9 %ga dizenfeksiyalash darajasi kuzatiladi.