• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

“Olmaliq KMK” AJ rux ishlab chiqarish zavodi sharoitida rux keklarini gidrometallurgik qayta ishlash imkoniyatlarini tahlil qilish

Xoliqulov D.B., Xaydaraliev X.R., Qarshiyev H.K.

Abstract

Hozirgi kunda “Olmaliq KMK” AJ Rux zavodida ishlab chiqarilayotgan rux keki pirometallurgiya usuli bilan vels pechida velslash jarayoni orqali qayta ishlanadi. Bu usulning kamchiliklari sifatida jarayonda katta miqdorda tannarxi yuqori bo’lgan koksning ishlatilishi, klinker bilan oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin va boshqa metallarning yo’qolishi, uchirmalarni ushlab olishning murakkabligi, olingan mahsulot tarkibida zararli qo’shimchalar: xlor, ftor, uglerod miqdorini kamaytirish uchun qo’shimcha jarayonning qo’llanilishi, shuningdek, atrof muhitga katta miqdordagi chiqindi gazlarni chiqarib atmosferani ifloslantirishini ko’rishimiz mumkin. Maqolada rux keklarini turli xil gidrometallurgik usullarda qayta ishlash texnologiyalari o’rganildi. Mavjud texnologiyalarni o’zaro tahlilidan so’ng, xulosa o’rnida biz “Olmaliq KMK” AJ ga qarashli  rux zavodi uchun to’g’ri keladigan usulni taklif qildik.