• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

“Navoiyazot” AJ kaustik soda ishlab chiqarish majmuasida ishlatilgan ikkilamchi sulfat kislota tarkibini oʻrganish va tozalash jarayonini tadqiq qilish

Article Info

Author(s) Заиров Ш.Ш., Норматова М.Ж., Буриева К.Х., Пардаева С.Б., Мирзаев У.М., Ашуров Б.Я.
DOI 10.24412/2181-1431-2022-2-26-29

Abstract

Hozirgi vaqtda sulfat kislota kimyo sanoatining koʻpchilik texnologiyalarida keng qoʻllaniladi, natijada oraliq va sarflangan sulfat kislota eritmalari hosil boʻladi. Koʻpgina hollarda, sulfat kislotani qayta tiklash yoki undan foydalanish uchun ushbu eritmalarni qayta ishlash kerak boʻladi. Sanoatda koʻp yillik amaliyotlar davomida, turli xil sharoitlarda hosil boʻlgan sulfat kislota eritmalarini qayta tiklashning bir nechta usullari amalga oshirilgan. Ushbu maqolada “Navoiyazot” AJ kaustik soda ishlab chiqarish majmuasida ishlatilgan ikkilamchi sulfat kislotaning tarkibini va uni tozalash jarayonini koʻrib chiqamiz. “Navoiyazot” AJ kaustik soda ishlab chiqarish majmuasida, osh tuzi eritmasini elektroliz qilish natijasida hosil boʻlgan xlor gazini namligini ushlab qolish uchun 98% li sulfat kislota eritmasidan foydalaniladi. Natijada sulfat kislota jarayondagi namlikni oladi va qisman xlor bilan toʻyinib, konsentratsiyasi 73-75% gacha kamayadi. Hosil boʻlgan ikkilamchi sulfat kislotaning konsentarsiyasini bugʻlatish yoʻli bilan oshirishga erishildi. Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, ikkilamchi sulfat kislota konsentratsiyasi 82,91% gacha yetkazildi va tarkibidagi xlor miqdori 85,36% gacha kamaydi. Bu esa texnologik jarayonda hosil boʻlgan ishlatilgan ikkilamchi sulfat kislotadan foydalanish sohalarini kengaytiradi.