Article Info
Abstract
Ushbu maqolada murakkab oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda qo‘llaniladigan
an’anaviy oksidlovchi texnologiyalarga muqobil sifatida ultramayin yanchish usullari bo‘yicha adabiyotlar tahlili
keltirilgan. Tadqiqotlarda murakkab oltin saqlovchi rudalarning mineralogik xususiyatlari, ayniqsa oltinning
sulfid minerallari bilan bog‘langan shakllari va ularning metallni ajratib olish jarayoniga ta’siri yoritilgan.
Shuningdek, ultramayin yanchish texnologiyasi rudaning struktura holatini o‘zgartirishi, oltin zarrachalari
yuzasining ochilish darajasini oshirishi hamda keyingi gidrometallurgik qayta ishlash jarayonlarida oltinni ajratib
olish samaradorligini yaxshilashi ko‘rib chiqilgan. Adabiyotlarda ushbu texnologiyaning iqtisodiy va ekologik
afzalliklari Kalgoorlie Consolidated Gold Mines korxonasi faoliyati misolida ham tahlil qilingan. Tahlil natijalari
ultramayin yanchish usuli murakkab oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda istiqbolli va samarali muqobil
texnologiyalardan biri ekanligini ko‘rsatadi
