• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

Mis kuporosi sexi chiqindi oqova suvlaridan metallarni cho’ktiruvchi reagentlar yordamida ajratish

Xoliqulov D.B., Ibotov B.O., Maxmudova F.M., Ostonov Sh.Q.

Abstract

Bugungi kunda texnika va texnologiyalarning yuqori darajada rivojlanishi metallar isteʼmoliga boʼlgan talabni ortishiga olib kelmoqda. Ogʼir rangli metallarni ishlab chiqarishning uzluksiz oʼsishi texnogen chiqindilarni isteʼmolini koʼpayishiga olib keldi, bu nafaqat metallarni qoʼshimcha ishlab chiqarish manbai, balki tayyor mahsulot tannarxini pasaytirish omili sifatida ham koʼrilmoqda. Yaqin yillarda “Olmaliq KMK” АJ mis ishlab chiqarish hajmini 1,5 -2 baravar oshirishni rejalashtirmoqda, buning natijasida texnogen chiqindilar (shlaklar, gazlar,chang, shlam, yuvish eritmalari, chiqindi suv va boshqalar)ning miqdorini xam ortishiga olib keladi, ularni qayta ishlash esa maxsus yondashuvni talab qiladi. Metallarni erigan holda bo’lishi ularni ajratib olishni bir muncha osonlashtiradi. Chunki, bizga ma’lumki metallurgiya sanoatida asosiy sarf xarajatlar qayta ishlashga tayyorlash jarayonlariga sarflanadi. Mis kuporos sexi oqova suvlaridan metallarni ajratishda Navoiazot 201-sex (tiomochevina ishlab chiqarish sexi) ning tarkibida rodanit ionlari bo’lgan chiqindi oqova suvlaridan foydalanildi.