• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

KUPOROS SEXINING TASHLANDIQ ERITMALARIDAN NIKELNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI

Shodiyev A.N., Turobov SH.N., Abdullayev Z.O

Article Info

Abstract

Hozirgi vaqtda mis ishlab chiqarishning sulfat kislota eritmalaridan metallarni tanlab olish dolzarb muammolardan biridir. Shunga ko’ra tadqiqotning birinchi bosqichida tadqiqot yoʻnalishi, ionli flotatsiya va ekstraktsiya yoʻli bilan eritmalardan metallarni ajratib olish imkoniyatlari aniqlanib, vitriol sexining ona suyuqliklari tanlab olindi. Vitriol sexining ona suyuqligining kimyoviy tarkibi aniqlanib, ion flotatsiyasi va ekstraktsiyasini amalga oshirish metodologiyasi aniqlandi. Kerakli reagentlar tanlab olindi va tadqiqotning ikkinchi bosqichida ona suyuqliklardan nikel ajratib olishning turli parametrlarga bog’liqligini tajriba natijalariga ko’ra aniqlandi. Cho’kmaning sifatiga eritmaning pH qiymati, kollektor konsentratsiyasi va ekstraktsiya davomiyligining tasiri o’rganib chiqildi va hamma parametrlarni hisobga olgan holda ekstraksiya jarayonini
amalga oshirish uchun ustunli turdagi apparat tanlab olindi.