• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

HISOBLASH ARXITEKTURASINING SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI

Shomurodov A.T.

Abstract

Ushbu maqolada, sun’iy intellekt (SI) tizimlarining samaradorligini
oshirish uchun maxsus hisoblash arxitekturalari, jumladan, GPU (Grafik Protsessorlar
Birligi), TPU (Tensor Processing Unit), ASIC (Application Specific Integrated Circuit) va
FPGA (Field Programmable Gate Array) kabi texnologiyalarning imkoniyatlari va ularning
sun’iy intellekt algoritmlarining samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek,
kelajakdagi kvant hisoblash imkoniyatlarining ta’siri va bu texnologiyalarning turli sohalarda,
xususan, tibbiyot, iqtisodiyot, transport va energiya samaradorligini oshirishda qanday
ishlatilishi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellektni
rivojlantirishda hisoblash arxitekturalarining to‘g‘ri tanlovi va moslashuvi muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, bu texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishi katta ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarga
olib kelishi mumkin.