Article Info
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy elektrovozlarning elektr yuritma tizimlari, ularning kuch
sxemalari va energiya samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. An’anaviy reostatli sxemalardan
boshlab, hozirgi kunda qo‘llanilayotgan tiristorli, tranzistorli va invertorli boshqaruv tizimlari texnik va iqtisodiy
jihatdan solishtiriladi. Maqolada elektrovoz elektr yuritma tizimining takomillashtirilgan sxemasi ishlab chiqilib,
u orqali energiya samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari keltirilgan. Kengaytirilgan impulsli modulyatsiya
asosidagi invertor boshqaruvi yordamida kuchlanish va tok qiymatlari aniq rostlanadi. Ushbu yondashuv
energiya sarfini kamaytiradi, momentning silliq o‘zgarishini ta’minlaydi hamda tormozlanish jarayonida
rekuperatsiyani amalga oshiradi. Zamonaviy elektrovozlarda energiya samaradorligini oshirish uchun
avtomatik boshqaruv algoritmlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular real vaqt rejimida moment, tok va tezlikni
optimallashtiradi. Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash orqali energiya samaradorligini oshirish masalalari
tahlil qilindi. Sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimi real vaqt rejimida dvigatel parametrlaridan tok,
kuchlanish, moment, haroratni tahlil qiladi, raqamli boshqaruv algoritmlari esa optimal energiya sarfini
ta’minlaydi.
