Article Info
Abstract
Ushbu maqolada chorvachilik xo‘jaliklarida qoramollarni oziqlantirish jarayonlarini
optimallashtirish maqsadida raqamli texnologiyalar, ayniqsa IoT texnologiyalari, aqlli sensorlar,
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va robototexnika vositalarining tatbiqi keng yoritilgan.
Qoramollarning oziqlanish samaradorligini oshirish, suv iste’molini nazorat qilish, salomatlikni monitoring
qilishda uchun turli xil sensorlar (ultratovush, harorat, namlik, vazn, suyuqlik oqimi o‘lchagichlar), aqlli
oziqlantiruvchilar, avtomatik tarozilar hamda ML modellar asosida bashorat tizimlari muhokama qilingan.
Shuningdek, maqolada Uz_PLF platformasi misolida integratsiyalashgan aqlli ferma infratuzilmasi ko‘rib
chiqilgan bo‘lib, unda ratsion moduli asosida har bir qoramolga moslashtirilgan ovqatlanish rejasi
shakllantiriladi. Umuman olganda, maqola chorvachilikda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi orqali
yuqori samaradorlikka erishish, resurslarni tejash, hayvonlarning sog‘lig‘ini yaxshilash va fermalarni to‘liq
raqamlashtirish imkoniyatlarini amaliy misollar bilan samarali yechimlar taklif qilindi
