Article Info
Abstract
Maqolada shahar taqsimlovchi elektr tarmoqlarida energiya isroflarini kamaytirish va
tarmoq samaradorligini oshirish uchun ko‘p mezonli optimallashtirish usulidan foydalanish masalasi
o‘rganilgan. Maqsad – minimal quvvat isrofi, kuchlanish og‘ishlarining ruxsat etilgan diapazonda bo‘lishi,
transformatorlar yuklanishining optimal darajaga yetkazilishi va tarmoq elementlari uchun minimal kapital
xarajatlarni ta’minlashdan iborat. Optimallashtirish mezonlari sifatida energiya isrofi, kapital sarf,
kuchlanish sifati, ishonchlilik ko‘rsatkichlari va yuk taqsimoti muvozanati qabul qilingan. Lagranj noaniq
ko‘paytuvchisi, Pareto to‘plami, vaznli yig‘indi metodi yordamida optimal yechimlar aniqlangan. Natijalar
shuni ko‘rsatdiki, optimallashtirilgan tarmoqda energiya yo‘qotishlari 18–27% gacha kamayadi, kuchlanish
og‘ishi 3–5% diapazonda stabillashadi va transformatorlarning yuklanishi 0,65–0,85 oraliqda
muvozanatlanadi
