• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

YUQORI KUCHLANISHLI HAVO LINIYALARIDA TOJLANISHNING PAYDO BO‘LISH MEXANIZMI VA UNING SAMARALI BOSHQARISH USULLARI

Tovboyev A.A.

Abstract

Ushbu mаqolаdа yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish jarayonining
paydo bo‘lish mexanizmi, uning fizik asoslari hamda havo izolyatsiyasining ionlanish bilan bog‘liq o‘ziga
xos xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘tkazgich atrofida shakllanadigan elektr
maydonining intensivligi va uning kritik qiymatlardan oshishi natijasida vujudga keladigan ionlashgan
qatlamning fazoviy kengayishi modellashtirildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘tkazgich diametri, fazalar
oralig‘i, atmosfera bosimi, namlik, harorat va muhitning ifloslanish darajasi tojlanish boshlanish
kuchlanishining o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada shuningdek, tojlanish yo‘qotishlarining
elektr uzatish tizimining samaradorligiga ta’siri, ularni kamaytirishning konstruktiv va texnik usullari, shu
jumladan elektr maydon taqsimotini optimallashtirish, o‘tkazgich sirtining holatini boshqarish, samarali
izolyatsiyalash va meteorologik omillarni hisobga olish bo‘yicha yechimlar asoslab berilgan. Yuqori
kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining energetik samaradorligini oshirish hamda quvvat isroflarini
kamaytirish masalalarini chuqur o‘rganish natijasida, tizimning barqaror va ishonchli ishlashini
ta’minlashga qaratilgan ilmiy asosli tavsiyalarni shakllantirish imkoniyati yaratildi