Article Info
Abstract
Maqolada yer osti konlarida mehnat xavfsizligini oshirishga qaratilgan adaptiv ventilyatsiya
boshqaruvining intellektual modeli taklif etiladi. Tadqiqotning asosiy g‘oyasi signal kelish vaqti farqi (TDoA)
algoritmlari hamda ko‘p sensorli monitoring ma’lumotlarini integratsiyalash orqali real vaqt rejimida xavf
zonalarini aniqlashdan iborat. TDoA modelidan foydalanish xodimlarning joylashuvini aniqlik bilan kuzatish
va gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan hududlarni lokatsiyalash imkonini beradi. Multisensor ma’lumotlar,
jumladan gaz konsentratsiyasi, havo oqimi tezligi, mikroiqlim parametrlarning birgalikda tahlili esa xavf
indikatorlarini yuqori ishonchlilik bilan baholashga yordam beradi. Taklif etilgan adaptiv ventilyatsiya
algoritmi kon ichidagi aerodinamik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda havo oqimini avtomatik
optimallashtiradi va potensial xavf zonalarini erta bosqichda aniqlaydi. Tadqiqot natijalari zamonaviy
raqamli konchilik tizimlarida, xususan Smart Mining konsepsiyasida intellektual xavfsizlik modullarini
yaratishda amaliy qo‘llanilishi mumkin.
