Article Info
Author(s) Abdunazarova D.
DOI DOI 10.24412/2181-1431-2025-4-15-18
Abstract
Ushbu maqolada asetilen (C₂H₂) ishlab chiqarish jarayoni MATLAB dasturining Simulink
muhitida modellashtirildi. Jarayon kalsiy karbid (CaC2) va suv (H2O) o‘rtasidagi ekzotermik kimyoviy
reaksiya asosida ishlandi. Reaksiya kinetikasi Arrenius tenglamasi asosida ifodalandi va texnologik
parametrlarning jarayonga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, Simulink modeli yordamida asetilen hosil bo‘lish
dinamikasi tahlil qilindi hamda optimal ish rejimi aniqlandi. Olingan natijalar texnologik jarayonlarni
modellashtirish va optimallashtirishda MATLAB/Simulink muhitining samaradorligini ko‘rsatadi.
