Article Info
Abstract
Navoiy viloyatida Respublika iqtisodiyoti va sanoati rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
strategik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun tabiy resurslardan eng
asosiysi hisoblangan suv katta ahamiyatga ega. Sanoat ishlab chiqarishida asosiy tabiiy resurs bo’lgan suv
muhim rol o’ynaydi. Viloyatdagi sanoat korxonalari o’z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun juda katta
miqdorda suv sarflaydi. Suv nafaqat ishlab chiqarish, balki ushbu sanoat zonasida yashovchi aholining
turmush tarzi uchun ham muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shuning uchun mintaqadagi tabiiy suvlar – yer osti
va yer usti suvlarining sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun tadqiqot o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu
maqolada Navoiy viloyati tumanlaridan olingan tabiiy suvlarning to‘liq kimyoviy tahlili natijalari keltirilgan
