• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

TAQSIMLOVCHI TARMOQLARDA YUQORI GARMONIKALARNING ELEKTR ENERGIYASI SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRINI BAHOLASH

Tovboyev A.N.

Abstract

Ushbu maqolada elektr energiyasi sifatining yomonlashuvining asosiy sabablari, yirik
quvvatli metallurgiya korxonalari va taqsimlovchi elektr ta’minoti tizimlarining chiziqli bo‘lmagan va
o‘zgaruvchan yuklamalari holatlari baholandi. Statik quvvat o‘zgartirgichlari, chastota bilan boshqariladigan
elektr yuritmalarning keng joriy etilishi, energiyani tejaydigan yoritish tizimlari ko‘plab iste’molchilarning elektr
yuklamalari tabiatining sezilarli o‘zgarishiga olib kelishi hozirgi davr energetika tizimi uchun ahamiyatli
ekanligini iniobatga olib, garmonikalar ta’si elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda aksariyat sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tarmoqlarida elektr
energiyasining sifati sezilarli darajada yomonlashayotganligi hamda taqsimlovchi elektr tarmoqlarida va kichik
kuchlanishli elektr energiyasi iste’molchilarida bu holat kuzatilayotganini mazkur tadqiqotda ko‘rsatib o‘tildi