Article Info
Abstract
Radiochastota identifikatsiyasi (RFID) texnologiyasi asosan turli sohalarda qamrov
hududidagi obyektlarni teglar orqali identifikatsiya va invertarizatsiya qilish bilan birga yo‘qolgan va ortiqcha
teglarni aniqlash masalalarida keng qo‘llaniladi. Xususan, tizimlarda yo‘qolgan teg identifikatorini qayta tiklash
va kutilmagan (oddiy) teglarning mavjudligi jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Kalit teglarni tez va
ishonchli aniqlashda ushbu oddiy teglarning aralashuvini samarali filtrlash zarur. Oldingi tadqiqotlarda oddiy
teglar nisbati o‘zgargan holatlarda ularni dinamik tarzda ajratish va yo‘qolgan kalit teglarni guruhlab tekshirish
masalalari yetarlicha o‘rganilmagan. Ushbu maqolada bu muammoni hal qilish maqsadida Bloom filtriga
asoslangan ikki bosqichli teglarni aniqlash protokoli (BMTD Bloom filter-based Missing Tag Detection protocol)
taklif etiladi. BMTD avval Bloom filtr yordamida kutilmagan teglarni faolsizlantiradi, so‘ngra zarur (kutilgan)
teglarning mavjudligini tekshiradi. Bu esa identifikatsiya vaqtini qisqartiradi. Protokol parametrlarining nazariy
tahlili aniqlash vaqtini minimallashtirish bilan birga talab etilgan ishonchlilik darajasiga erishishni ham
ta’minlaydi. Keng qamrovli tajribaviy sinovlar orqali BMTD protokolining samaradorligi baholanadi va natijalar
uning mavjud yechimlarga nisbatan sezilarli ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatadi
