• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

PO‘LAT ERITISH TEXNOGEN CHANGLARINING MIKROSTRUKTURAVIY VA ELEMENTAR TARKIBINI TEM–EDS USULLARIDA O‘RGANISH

Samadov A.U.

Abstract

Ushbu maqolada “O‘zmetkombinat” AJda ishlab turgan yoyli po‘lat eritish pechidan ajralib chiqayotgan texnogen changlarning morfologik, granulometrik, kimyoviy va fazaviy tarkibi chuqur tahlil qilindi. TEM (Transmission Electron Microscopy) va EDS (Energy Dispersive Spectroscopy) usullari yordamida chang zarrachalarining shakli, tuzilmasi va elementlar tarkibi o‘rganildi. Tahlil natijalari changdagi asosiy komponentlar temir (Fe) va rux (Zn) ekanligini ko‘rsatdi. Zarrachalarning aksariyati sferik yoki yaqin-sferik shaklda bo‘lib, yuqori haroratli jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lganligini anglatadi. Fazaviy tahlilda esa Al₂O₃, Fe₂O₃, MgO, ZnO va SiO₂ kabi birikmalar mavjudligi qayd etildi. Ushbu ma’lumotlar texnogen changlarni qayta ishlash orqali ikkilamchi metallurgik xomashyo sifatida foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi