• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

BUG‘-GAZ QURILMALI IES LARDA TASHLANDIQ OQOVA SUVLARNI TUZSIZLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Dilshod Oljayev

Abstract

Ushbu maqolada bug‘latkich qurilmalarida oqova suvlarni tozalashning bir qancha usullari
ko‘rib chiqildi. Bu tozalash usullarini qo’llash tozalanadigan suv tarkibiga bog’liq. Suvni bunday tozalash
usullarida yumshatishda qo‘shimcha uskunalarning ishlatilishi, kimyoviy reagentlar sarflanishi hamda suv
yumshatish jarayonida chiqindi suvlar hosil bo‘lishi va ularni tozalash talab etilishi sababli distillyat olishda
sarflanadigan xarajatlar birmuncha ko‘payadi. Ammo yumshatilgan suvdan distillyat oluvchi
bug‘latkichlarning samaradorligi va ularda olinadigan distillatning sifatliligi yuqori bo‘ladi.