• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

SKVAJINALARDA BURGʻILASH SUYUQLIGINING YUTILISHINI TADQIQ QILISH VA UNI BARTARAF ETISH USULINI ISHLAB CHIQISH

Rustam Djurayev

Abstract

Skvajinalarni burgʻilashda burgʻilash suyuqligining yutilishi koʻrinishidagi murakkabliklar kongeologiya sohasining eng dolzarb, iqtisodiy va hal etilishi qiyin boʻlgan muammolaridan biri. Bugungi kunda
yuqori intensiv yoʻqotilishlarni bartaraf etish va oldini olishning turli usullari ma’lum, ammo ularning barchasi
koʻp mehnat talab etadi va har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Maqolada murakkab kon-geologiya
sharoitlarida skvajinalarni burgʻilashda burgʻilash suyuqligining yoʻqotilishlarini bartaraf etish va oldini olish
usullarining nazariy va tahliliy tadqiqi keltirilgan. Koʻplab manbalarni oʻrganish asnosida burgʻilash suyuqligi
yoʻqotilishlarini bartaraf etish va oldini olishning eng samarali usullari yoritib berilgan.