• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

SHARLI TEGIRMON QOPLAMALARINING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYALARINI QO‘LLASH ORQALI ULARNING SAMARADORLIGINI ASOSLASH

Nabijon Abduazizov

Article Info

Abstract

Bugungi kunda sharli tegirmonlar tog‘-kon sanoatining boyitish korxonalari, sement hamda
shu kabi ishlab chiqarish zavodlarida keng ko‘lamda ishlatilib kelinmoqda. Respublikamizda yangi konlarni
o‘zlashtirilishi natijasida tog‘-kon sanoatida foydali qazilmalarni qazib olish jarayoni bosqichma-bosqich
amalga oshirilmoqda. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarni hajmining ortishi evaziga ruda yanchish
tegirmonlariga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu
maqolada “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli gidrometallurgiya zavodlarida foydali
qazilmalarni boyitish va qayta ishlash jarayonida qo‘llaniladigan sharli tegirmonlarning asosiy ishchi a’zosi
bo‘lib hisoblangan ularning ichki himoya qoplamalarining takomillashtirilgan konstruksiyalarining tajriba
sinov natijalari hamda, sharli tegirmonlarning samaradorligini ochirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ko‘rib
chiqilgan.