Article Info
Abstract
Bugungi kunda dunyo bo’ylab foydali qazilma konlarining chuqurlashuvi, kon ishlarining murakkab kon-geologik sharoitlarda olib borilayotganligi va ekspluatatsiya qilinayotgan kon uskunalari ishonchliligi va samaradorligiga quyilgan talablar burg’ilash mashinalarining konstruksiyasini va ularning gidravlik tizimini takomillashtirishni talab etadi. Foydali qazilmalarni ochiq kon usulida qazib olish ishlarini jadallashtirish zamonaviy burg’ilash mashinalarini qo’llash va ularning quvvatini hamda ishonchliligini talab etadi. Zamonaviy burg’ilash mashinalari yuqori texnologik uskunalar hisoblanadi, ularga ekspluatatsiya davomida xizmat ko’rsatish muhim texnik madaniyatni talab etadi. Shu bilan bir qatorda gidravlik burg’ilash mashinalarida to’xtalishlar yuzaga kelishi ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu to’xtalishlarni yuzaga keltiruvchi omillar bilan tanishib chiqish va ularni tahlil qilish bugungi kunda konchilik sanoatining dolzarb masalalaridan biridir