Article Info
Abstract
Ushbu maqolada ilg‘or kompyuter texnologiyalari qo‘llagan holda quymakorlik sohasida qolib tayyorlash uchun ishlatiladigan gil qumli aralashmani quyish tizimlari ishlab chiqilgan. Tadqiqotlar davomida “ulita” deb nomlangan detal yaratishning ilg‘or usullaridan foydalanilgan. Gil qumli formalarda gravitatsion quyma olish usuli bilan 300Х32Н2М2ТЛ markali qotishmadan olingan shaklli quyma o‘zining texnologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Quyish tizimlari va uch o‘lchamli detal berilgan o‘lchamlarni hisobga olgan holda uning namunasini yaratishda SolidWorks dasturiy ta’minotidan foydalanilgan. Modellash jarayonlarini o‘tkazish uchun detal Pro-CAST dasturiga yuklangan. Ushbu ilmiy ishda turli xildagi dastlabki ma’lumotlar qabul qilingan. Modellash jarayoni natijalari tahlil qilinib nuqsonlar aniqlangan. Nuqsonlarni bartaraf etish uchun yangi quyish tizimi ishlab chiqilgan. Dasturiy ta’minotda jarayon qayta loyihalashtirilgan va samaradorlik nuqsonlarning bartaraf qilinganligi bilan tasdiqlangan.
