• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISH SANOATIDAN HOSIL BO‘LGAN TEXNOGEN CHIQINDILARDAN VANADIY AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Mamaraimov G‘.

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi V2O5 sanoat sharoitlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun mineral va texnogenli xom ashyoga hamda texnologik imkoniyatlarga ega. Bundan tashqari bugungi kunda
sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan katalizator (vanadiyli kontakt massa) ga bo‘lgan talab Respublika miqyosida 200 tonnani tashkil etadi, shu jumladan Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidagi sulfat kislota ishlab chiqarish korxonasining talabi 60 tonnani tashkil etadi. Demak, katalizatorga bo‘lgan talab 200 tonnani tashkil etadigan bo‘lsa, vanadiyli kontakt massa o‘z aktivligini yo‘qotgandan so‘ng 200 tonna katalizator chiqindi sifatida tashlab yuboriladi. Bu esa davlat uchun ham, mamlakatimiz ekologiyasi uchun ham zarardir. Maqolada ishlatilgan vanadiy katalizatorlari tarkibidan vanadiy kukunini ajratib olish texnologiyasi haqida malumotlar keltirilgan