Article Info
Abstract
Ushbu maqolada uranni qayta ishlash jarayonlariga fosfatlarni ta’siri va uranfosforli
cho‘kmalarni qayta ishlash usuli muhokama qilinadi. Yer ostida tanlab eritishdan olingan mahsuldor
eritmalardan uranni ajratib olish uchun kuchli asosiy anionitlar yordamida sorbsiyalash jarayonidan keng
foydalaniladi. Sorbsiyalash jarayoniga keluvchi eritma tarkibida urandan tshqari qo‘shimcha aralashmalar
mavjud. Bunda ishqoriy va ishqoriy yer metallarni kationlari hamda ikki valentli mis, temir, kobalt va marganes
ionlari sorbsiyalanmaydi. Bir qator anionlar esa aksincha, anionitlarda yaxshi sorbsiyalanib, ajratib olinuvchi
uran ioni bilan sorbsiyalanadi. Bularga sulfat, nitrat, xlorid, ftorid va fosfat anionlari kiradi. Bu anionlar
tazyiqlovchi qo‘shimchalarga kiradi. Va, nihoyat, kuchli asosli anionitlarga o‘xshash bo‘lgan ionlar mavjud,
ular anionitlarda vaqt o‘tishi bilan to‘planib, ularni zararlaydi, bundan tashqari foydali qazilmalarni, xususan
uranni ajratib olish darajasini kamaytiradi.
