Article Info
Author(s) Mahmudov G‘.B, Qalandarov A.F
DOI DOI: 10.24412/2181-144X-2025-3-50-55
Abstract
Maqolada polivinilxlorid (PVX) linoleumlarning yedirilish sifat ko‘rsatkichlari davlat
standartlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda GOST 11529-2016 va GOST ISO 4649-2024 standartlariga
asoslangan sinov metodlari qo‘llanilib, namunalar baraban turidagi qurilmalarda silliqlovchi qog‘oz yordamida
yedirilishga uchratildi. Sinovlar oldidan namunalar standart sharoitda konditsionlanib, ularning diametri,
qalinligi va massasi aniqlangan. Eksperimentlar davomida na’munalar massasi va hajmidagi o‘zgarishlar qayd
etilib, yedirilish ko‘rsatkichlari maxsus formulalar orqali hisoblandi. Olingan natijalar asosida PVX
linoleumlarning yedirilishgaga chidamliligi baholandi va ularning xizmat muddati bashorati haqida xulosalar
chiqarildi
