Article Info
Abstract
Ushbu maqolada fraktal geometriya usullaridan foydalangan holda texnogen uran
rudalarining zarracha kattaligi taqsimotini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotda asosiy e’tibor Uchquduq
konidagi ikkilamchi texnogen rudalarga, shuningdek, ushbu texnogen rudalarning fraktal o‘lchamlarini
aniqlashga qaratilgan. Python kompyuter dasturidan foydalanib, uran rudasi zarralarining fraktal o‘lchamini
aniqlashda zarur bo‘lgan parametrni (burchakning tangensi) topish uchun logarifmik panjara yaratildi. Uran
rudasi namunalarining beshta guruhi fraktal o‘lcham va ruda zarrachalarining o‘lchamlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni
o‘rganish uchun tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, fraktal o‘lcham o‘ziga xos tuzilish va shakllanish
jarayoniga qarab granulalar hajmining o‘zgarishi bilan ortishi yoki kamayishi mumkin
