• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

4-FENIL-2,4-DIOKSOBUTAN KISLOTA METIL EFIRI AROILGIDRAZONI ASOSIDA NI(II) VA CU(II) IONLARINING KOMPLEKS BIRIKMALAR SINTEZI, TUZILISHI VA XOSSALARI

Husenov Q.Sh.

Abstract

So‘nggi yillarda biologik faol kompleks birikmalarni sintez qilishning maqbul sharoitlarini
aniqlash, ligandlarning tuzilishini oʼrgangan holda biometallar bilan kompleks hosil qilish xususiyatlarini
baholash, ligandning biologik faollikligini saqlab yoki oshirgan holda yangi koordinasion birikmalarini olish
dolzarb muammolari hisoblanmoqda. Respublikamizda oʼsimlik va hayvonot dunyosiga xavfli kasalliklarga
qarshi ishlatiladigan dori va turli biologik vositalarni yaratishda foydalaniladigan moddalarning tarkibi va tuzilishi
zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqotlar yordamida o’rganish, qishloq xoʼjaligi, farmakologiya va tibbiyot sohasida
ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarga ushbu vositalarni yaratish va tuzilishlarini aniqlashda qo’l kelmoqda.
Ushbi ishda 4-fenil-2,4-dioksobutan kislota etil efiri benzoilgidrazonlari asosida Ni(II) va Cu(II) komplekslari
sintezi, tuzilishi va xossalarini o’rganilgan [1–2].