Article Info
Abstract
Hozirgi kunda butun dunyoda barcha tarmoqlar va sohalar, ayniqsa, davlat boshqaruvi,
ta’lim, sog‘likni saqlash, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatishlarni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, raqamlashtirish tashkilotlar va ularni faoliyatining axborot tizimlarini ishlab chiqish bilan chambarchas bog‘liqdir. Sifatli axborot tizimlari tashkilotning faoliyati samaradorligini, tezkorligini, shaffofligini, manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro axborot almashishi imkoniyatlarini oshiradi, shu bilan birga, turli idora va tashkilotlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash imkoniyatini beradi. Ta’kidlab aytish mumkinki, axborot tizimlari uchun elektron hujjat aylanuvi asosiy element hisoblanadi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanish tizimi uchun talablarga mos hujjat andozalarini yaratish orqali hujjatlarni shakllantirish bugungi kunning o‘ta dolzarb va kechiktirib bo’lmas muammolaridan hisoblanadi. Hozirda bir qancha hujjat andozalarini yaratish tizimlari mavjud. Andozani bir marta yaratib, vaqtni tejash va standart hujjatlarni yaratishda xatolardan qochish mumkin.Biz taklif qilayotgan va yaratgan tizimni korxona va tashkilotlar biznes jarayoniga qo‘llash natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi
