Article Info
Author(s) Tovboyev A.N.
DOI 10.24412/2181-144X-2024-4-126-129
Abstract
Ushbu maqolada uzluksiz texnologik jarayonga ega konchilik korxonalarida yuklamalar dinamikasi elektr tarmoqlarida mavjud kuchlanishlarning sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Asosan konchilik korxonasining uzluksiz texnologik jarayonlarda ishlashi inobatga olinib, energiya samaradorligining oshirish uslublarini o‘rganish lozimligi aniqlangan. Korxonada induksion pechlar yuqori garmonikalarda ishlaganligi sababli ulardagi tokning garmonika darajasi ventilli o‘zgartirgichlar ishlash vaqtida paydo bo‘lgan gapmonikalar darajasidan ancha katta bo‘ladi. Shu bois uzluksiz texnologik xarakteridagi korxonalarda yuqori garmonika tashkil etuvchilarini filtrlash masalalari ko‘rilgan.