Article Info
Abstract
Bugungi kunda, jahon iqtisodiyotining qiyin iqtisodiy sharoitida, barcha turdagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalari joriy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga intilmoqda. Ya’ni ishlab chiqarishga zamonaviy texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish. Shular qatorida boyitish fabrikalarida ham ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning muhim va istiqbolli yo‘nalishi, uskunalarni modernizatsiya qilish va takomillashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Samaradorlikni oshirish va ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish hamda shu kabi muammolarni hal qilishga qaratilgan masalalar korxonaning doimiy mavzusiga aylangan. Shu o‘rinda boyitish fabrikalarining dolzarb muammolaridan biri, tegirmon qoplamalarining ishlash xususiyatlarini oshirish bilan tegirmonning to‘xtash vaqtni qisqartirish, korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirishga erishish mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu maqolada “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli Gidrometallurgiya zavodlarida foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash jarayonida qo‘llaniladigan sharli tegirmonlarning asosiy ishchi a’zosi bo‘lib hisoblangan ularning ichki himoya qoplamalarining takomillashtirilgan konstruksiyalarining tajriba sinov natijalari hamda, sharli tegirmonlarning samaradorligini ochirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ko‘rib chiqilgan.
