Article Info
Author(s) Sunnatov J.B., Yakubov M.M.
DOI 10.24412/2181-1431-2024-4-63-67
Keywords ajratib olish, klinker, konsentrat, konvertor shlaki, mis, murakkab rudalar, shixta., shlak, shteyn
Abstract
Maqolada pirometallurgiya usullari bilan oltin tarkibli murakkab va texnogen chiqindilarini qayta ishlashning asosiy jihatlari ko’rib chiqilgan. Asosiy e’tibor shixtani eritish jarayonida shteyndan qimmatbaho metallarni samarali ajratib olish uchun zarur bo’lgan jarayonlarga qaratilgan. Mualliflar qayta ishlashning zamonaviy usullarini, shuningdek, boshlang’ich xomashyo sifatini yaxshilash va qimmatbaho metall chiqishini oshirish uchun qo’llaniladigan texnologiyalarni tahlil qiladilar. Tadqiqot qayta ishlashning maksimal samaradorligiga erishish va xomashyolarning yo’qotishlarini minimallashtirish uchun tayyorgarlik jarayonlarini optimallashtirish muhimligini ta’kidlaydi.