• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

MIS SANOATI TEXNOGEN CHIQINDILARIDAN PLATINA VA PALLADIYNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI TADQIQ QILISH

Voxidov B.R. Mamaraimov G‘.F. Yandashev A.A.

Article Info

Author(s) Voxidov B.R. Mamaraimov G‘.F. Yandashev A.A.
DOI 10.24412/2181-1431-2024-2-5-16

Abstract

Bugungi kunda O’zbekiston sharoitida “OKMK” AJ tasarrufidagi kam miqdorda nodir metallar saqlagan texnogen chiqindilarni qayta ishlash va ulardan nodir va qimmatbaho metallarni ajratib olishning kompleks texnologiyasi mavjud emas. “OKMK” AJ tarkibidagi platina, palladiy va rodiy tarkibli texnogen chiqindilarining mavjudligi, kombinatni bir necha yilga rudani qayta ishlamasdan, chiqindilarni qayta ishlash hisobiga ishlab chiqarish sanoatini amalga oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada metallurgiya chiqindilarini boyitish mahsulotlarini birlashtirish va sanoat chiqindilaridan platina va palladiyni mis qizil shlamlaridan ajratib olish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Bu ishda platina va palladiyni tanlab eritish usullarining samaradorligi aniqlanadi, shuningdek, platina guruhi metallarini eritish, qayta tiklash usullari va ularni turli zararli qo’shimchalardan tozalash usullariga ham alohida e’tibor beriladi. Tadqiqotlar natijasida ko‘p bosqichli tozalovchi qayta ishlash jarayonlari bilan platina va palladiyni ajratib olishning chuqur gidrometallurgik kompleks texnologiyasi ishlab chiqildi.