Article Info
Abstract
Ushbu tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasining oltin ajratib olish zavodlarining chiqindilarini flotasiya usulida boyitish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarga bagishlangan. Tadqiqot obyekti OAS (oltin ajratib olish sexi) ning oltin saqlovchi texnogen chiqindilari hisoblanadi. Texnogen chiqindilarni flotatsiya usuli yordamida turli xil reagent ta’sirida boyitib olindi. Texnogen chiqindilarning kimyoviy va mineralogik tarkibi o’rganilib, chiqindi tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdori aniqlandi. O’tkazilgan tadqiqot ishi natijalariga asoslanib, qimmatbaho komponentlarning ajratib olish darajasi aniqlandi. O’tkazilgan tadqiqot ishi natijalarida, OAS texnogen chiqindilarini qayta ishlash maqsadida flotatsion boyitish jarayoni uchun eng maqbul flotareagent, hamda flotareagent rejime aniqlandi.